Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bemorlarga keraksiz dorilarni yozib, dorixonalarga yo‘naltirish, shundan pul ishlashni kasb qilgan noinsof shifokorlarimiz borligini aytib, aholini bepul, sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Hayronman, nafsi hakalak otgan shifokorlar, tibbiyot birlashmalarida ishlayotganlar, dorixonadagilar, prezident topshiriq berganidan keyin ham xalqni aldashdan umuman tap tortmayapdi. Undan ko‘ra, davolab, kasalni tuzatib juda och qolib ketgan bo‘lsang, puling yetmayotgan bo‘lsa yordam so‘ragin. Nima qilasan bo‘lmaydigan dorini ichirib, bechorani qiynab, bir joyini davolab, ikkinchi joyini kasal qilib?

Shuncha bolalar nobud bo‘lgani hammani kayfiyatiga ta’sir qildi. Yana bular hech narsadan tap tortmaydi.

Tuman hokimlarga yuz marta aytdim: birortang shug‘ullanmaysan, tomoshabinsan. Prezidentimiz topshiriq berdi, vaziyat mana shunday ekanini bilding, nimaga hammang borib qattiq shug‘ullanmaysan?, — dedi Ulug‘bek Qosimov.

Uning alohida ta’kidlashicha, aytilgan dorixonadan emas, boshqa joydan dori olib kelganlarning hammasini qaytarish bilan shug‘ullanadigan shifokorlar bor.

“Faqat aytgan dorixonasidan olib kelmasa, bemorga ham qaramaydi, ukolini ham qilmaydigan shifokorlar haqida aytishyapti. Aytilgan dorixonadan kasallar borib dori olar ekan, keyin shifokor kasaldan ortiqcha olib qolingan pulni dorixonadan qaytib olib kelarkan. Shu pul yuqadimi?

Qaysi shifokor dorixona bilan kelishib ishlayotgani, shifoxonalarda oxirgi bir oyda davolanib ketgan hamma bemorlarning tarixi ko‘tarilib, o‘rganiladi. Ko‘rsatuv tayyorlab, butun xalqqa ko‘rsatamiz.

Tug‘uruqxona shifokori bemorni jarrohlik amaliyoti bilan bemorni farzandini dunyoga keltirgani uchun xarajatlar uchun 1 million 800 ming so‘m talab qilgan. Bemor “naqd pulim yo‘q” desa shifokor plastik bank kartasiga tushirib olibdi. Bundaylar shifokor deyishga noloyiq.

Yana bir holatda shifokor kelgan bemorlarning 100 foizini kesarcha kesish usulida jarrohlik o‘tkazib, ulardan 2,5—3 million so‘mdan olar ekan. Har daqiqada dorixona bilan telefonlashib, mana bu keraksiz dorilarni yozib yubordim, deb aytar ekan.

Kasallardan, qiynalgan odamlarning orqasidan shu tarzda pul qilib, noinsoflik qilib xalqni qiynaydigan bo‘lsa, bunday shifokorni ham, dorixonaning ham boridan yo‘g‘i yaxshi. Bundaylar katta tizimga isnod keltiradi. Qaysi shifokor to‘g‘ri ishlasa oyligi yetmaydi, qaysi biri qiylanib qolgan, bormi shundaylar?, — dedi viloyat rahbari.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda dorixonaga chiqishga hojat ham yo‘q. Boisi birinchi navbatda ishlatiladigan 85 foiz dori shifoxonalarda bor.

Jonlantirish bo‘limida, tug‘uruq vaqtida ishlatiladigan hamma dorilar shifoxonada mavjud. Shifokorlar kasalga “chiqib dori olib kel” deyishga ham haqqi yo‘q. Mana bizga qanday ahvolga kelib qolganmiz, — dedi Ulug‘bek Qosimov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »