Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turida Yaponiya terma jamoasi 19-yanvar, juma kuni Iroqqa qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisob ochildi. Iroq futbolchisi Ayman Husseyn Yaponiya darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim oxirida Husseyn yana bir bor gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda yaponlar qancha harakat qilishmasin, faqat bir marta darvoza tomon yo‘l topa oldi. Vataru Endo burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. O‘yin 2:1 hisobida Iroqning g‘alabasi bilan yakunlandi.

D guruhida ikkinchi o‘yinda Vyetnam va Indoneziya o‘rtasida kechadi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 19:30 da start oladi.


Osiyo Kubogi

2-tur bahsi

19-yanvar, juma

Iroq — Yaponiya 2:1

Gollar: 1:0 – 5 Husseyn, 2:0 – 45 Husseyn, 2:1 — 90+3 Vataru Endo.

Iroq: Hassan, Ali (Doski, 46), Natik, Sulaka, Dia Putros (Rashid, 61), Mahmood Al Hajjaj, Baesh, Ali Yasim (Tahseen, 77), Al-Ammari, Husseyn (Ali, 46), Amyn (Adnan, 66).

Yaponiya: Sudzuki, Sugavara, Taniguti (Tomiyasu, 46), Itakura, Ito, Endo, Minamino, Kubo (Doan, 61), Morita (Xatate, 74), Asano (Ueda, 61), Ito (Maeda, 74).

Ogohlantirishlar: Natik (15), Ito (37).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »