Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Ekologik partiya fraksiyasi aʼzolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Partiya Chirchiq shahri “Shodlik” mahallasi Amir Temur ko‘chasi 192-uyda ro‘yxatdan o‘tgan Arena Cybersport masʼuliyati cheklangan jamiyati uchun boshqarma tomonidan berilgan 27 tup daraxt — 9 dona Sharq chinori, 2 tup soxta kashtan, 3 tup Androsov qayrag‘ochi, 3 tup aylanta, 3 tup terak va 7 tup Zarafshon archasini kesish ruxsatnomasini eʼlon qildi. Ruxsatnoma 2023-yil 22-noyabrda berilgan va 2023-yil 31-dekabrgacha amal qilgan.

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Murojaatda vazirlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2022−2023-yillarda 600 dan ortiq daraxt, shu jumladan, qimmatbaho daraxt turlarini kesish uchun ruxsatnomalar berilgani alohida taʼkidlangan.

Avvalroq Xorazm viloyati Shovot tumanida daraxtlar kesib, yoqib yuborilishi oqibatida 756 mln so‘m zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yanvar boshlarida daraxtlar kesilishi davom etayotgani sababli Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi vakolatlari cheklangan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »