Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘onada firibgarlik yo‘li bilan pul mablag‘larini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 18-yanvar kuni, Farg‘ona viloyati IIB, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi hamda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida, arizachiga o‘zini N. deb tanishtirgan ayol 7 ming dollar evaziga IIOga ishga olib kirib qo‘yishini aytib, oldindan 2 ming dollarni “Oltin qo‘rg‘on” MFY hududida olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida N. muqaddam Jinoyat kodeksining 168-(firibgarlik), 223-moddalari (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan uch marotaba sudlangan N.X. ekani aniqlanib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun olgani, boshqa shaxsga berish niyati bo‘lmaganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddalari 1-qismi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »