Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 22—24-yanvar kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23—24-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 22-yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 23-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22—23-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 22-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 23—24-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 22-yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 23-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—23-yanvarda 0-5 daraja iliq, 24-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 22-yanvarda 12-17 daraja iliq, 23—24-yanvarda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 21-yanvar kuni havo harorati 17 darajagacha ilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »