Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  32 nafar o‘quvchi zaharlangani aytilmoqda. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi holatga izoh berdi

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 402 nafar o‘quvchiga 37 nafar o‘qituvchi, 8 nafar tarbiyachi ta’lim-tarbiya berib keladi. Maktab-internat yotoqxonasiga 120 nafar o‘quvchi joylashgan bo‘lib, shundan 32 nafarida 2024-yil 18-yanvar kuni soat 22:00-24:00 oralig‘ida sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi, oshqozonda va qorinda og‘riqlar kuzatildi.

Mazkur holat bo‘yicha maktab-internat hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatdi, foydasi bo‘lmagach tez yordam xodimlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi. Ma’lumot o‘rnida maktab-internat oshxonasida autsorsing asosida “Azizbek Omad uchquni” MCHJ faoliyat olib boradi. 

19-yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan maktab-internat oshxonasining sanitariya holati to‘liq o‘rganilib, 18-yanvar kuni o‘quvchilarga berilgan nonushta, tushlik va kechki ovqat namunalari tahlil uchun olindi. 

Hozirda barcha o‘quvchilarning sog‘ligi yaxshi, dars jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Shuni alohida ta’kidlaymizki, vaziyat IIB, SES hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »