Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda transport egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari alohida belgilandi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanalida xabar berildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan yo‘l egasining huquq va majburiyatlari, transport egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida belgilandi.

Yo‘l qaysi korxona, muassasa, tashkilot yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘shalar yo‘l egasi hisoblanadi. Yo‘l egasi yo‘llarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek ta’mirlash ishlarini tashkil qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
  
Transportni o‘z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarish uchun, shu jumladan transportning mulkdori yoxud boshqa egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomaga asosan boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo‘lmaydi. Transport egalari:

  • texnik jihatdan soz transportdan foydalanishi;
  • transportning tegishli malakaga ega va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga ijozat berishi;
  • transportdan foydalanish chog‘ida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishi;
  • transportning alkogoldan mast holatda yoki psixoaktiv moddalar ta’siri ostida yoxud o‘ta charchoq holatda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »