Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning do‘sti Gennadiy Timchenkoga tegishli “Novatek” kompaniyasining yirik gaz terminali dronlar hujumiga uchrab, yonib ketdi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Foto: drozdenko_au_lo

Jurnalist Denis Kazanskiyga ko‘ra, yong‘in dronning hujumi tufayli boshlangan. Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko Ust-Luga portida yong‘in sodir bo‘lgani, xodimlar evakuatsiya qilinganini aytdi, biroq Rossiya rasmiysi hodisa sabablarini oshkor qilmagan.

Mahalliy “Fontanka” nashri esa o‘z manbalariga tayanib, 21-yanvarga o‘tar kechasi, Ust-Lugadagi yong‘indan bir oz oldin Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari “Sankt-Peterburg tomon uchayotgan ikkita dronni payqagan”ini yozdi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, shaharga yaqinlashganda dronlar yo‘nalishini o‘zgartirib, Kingisepp tumani tomon uchib, “Novatek” gaz omboriga hujum qilgan.

Shu bilan birga, na viloyat hokimiyati, na Rossiya Mudofaa vazirligi favqulodda holat sabablarini hozircha aytmagan. Qutqaruvchilar Ust-Luga portidagi Novatek terminalida chiqqan yong‘inni qurshab olgan, yong‘in darajasi 2 darajaga tushirilgan.

Aynan Ust-Lugadagi terminal orqali Rossiya 2023-yil dekabr oyida Urals neftining 85 foizini Turkiyaga eksport qilgan. Portlash vaqtida terminal yaqinida boshqa narsalar qatorida turk tankeri ham bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »