Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda Ukraina davlat budjetidan harbiy xarajatlar uchun 1,844 trillion grivna (49,14 milliard dollar) ajratdi, deb xabar berdi Raqamli rivojlanish vazirligi. Bu barcha xarajatlarning 60,8 foizini tashkil etadi.

“Xavfsizlik va mudofaa davlat budjetining mutlaq ustuvor va eng yirik bandi bo‘lib qolmoqda. 2023-yilda xavfsizlik va mudofaa sohasidagi jami davlat budjeti jamg‘armasi 1,844 trillion grivnani yoki jamg‘arma xarajatlari umumiy hajmining 60,8 foizini tashkil etdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, pullar harbiy soha va politsiyani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, texnika, o‘q-dorilar, qurol-yarog‘, shaxsiy himoya vositalari va oziq-ovqat sotib olishga sarflangan. Shuningdek, pulning bir qismi Ukraina xavfsizlik kuchlarining tibbiy sug‘urtasi va ixtisoslashtirilgan muassasalar ishini ta’minlash uchun ajratilgan.

Ukrainaning 2023-yilgi budjeti taqchilligi 54,75 milliard dollarni tashkil etdi. Ma’lum qilinishicha, kamomadning katta qismi G‘arb yordami evaziga qoplangan. 2024-yilgi budjetda Ukraina xavfsizlik va mudofaa sektoriga 1,69 trillion grivna sarflashni rejalashtirmoqda (26,5 mlrd dollar), bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 22,1 foizini tashkil etadi.

Yevropa Ittifoqi va AQSH Ukrainaga yangi moliyaviy yordam ajratish borasida kelisha olmayapti. Yevropa Ittifoqida Vengriya Ukrainaga 50 milliard yevro ajratishga veto qo‘ydi. AQSHda Kiyevga 250 million dollar miqdorida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongress tomonidan qabul qilinmayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »