Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 22-yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

A guruhida Qatar Xitoyga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol Hassan al-Haydos hisobiga yozildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Tojikiston Livanga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Livan gol urdi. Bassel Jradi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 56-daqiqada esa Livan futbolchisi Kassem el-Zein qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Qolgan daqiqalarda terma jamoa bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Shundan so‘ng Tojikiston ketma-ket ikkita gol urdi. Dastlab, 80-daqiqada Parvizjon Umarbayev o‘z nomini tabloga yozdirgan bo‘lsa, o‘yin oxirida Nuriddin Hamroqulov jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa A guruhida bahslar yakunlandi. 3 turdan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:


Osiyo Kubogi

3-tur bahslari

22-yanvar, dushanba

Qatar — Xitoy 1:0

Gol: 1:0 – 66 Al-Haydos.

Tojikiston — Livan 2:1

Gollar: 0:1 – 47 Jradi, 1:1 – 80 Umarbayev, 2:1 – 90 Hamroqulov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »