Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston hududiga 22-yanvar kuni Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi iliqlik 9-12 darajagacha isiydi.

23—24-yanvar kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoshli va ochiq havo kuzatiladi. 24-yanvarda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 23—24-yanvar kunlari harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, shimoliy hududlarda esa 24-yanvarda kunduzgi harorat 2-7 darajagacha soviydi.

25-yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kunduzi 4-9 daraja iliqqacha pasayadi, shimoliy hududlarda kechasi 6-11 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi 2-7 daraja sovuqdan oshmaydi.

26-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi, shimoli-g‘arbiy hududlarda esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, shimolda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Toshkentda 22-yanvar kuni quyoshli va ochiq havo bo‘lishi kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 10-12 daraja iliqni tashkil etadi. 23—24-yanvar kunlari poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Seshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 23-yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 24- yanvarda kechasi 3-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 23—24-yanvarda harorat 12-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

25-yanvarda Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-9 daraja iliqqacha pasayadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »