Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) rus qo‘shinlari hujumini qaytarish uchun o‘zining “Surovikin chizig‘i”ni qurmoqda, deb yozdi Britaniyaning The Telegraph gazetasi. Nashrga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining muvaffaqiyatsiz qarshi hujumidan so‘ng front muhim qismlarida yangi istehkomlar paydo bo‘la boshlagan. Ular orasida okoplar, tankka qarshi betonli “ajdar tishlari” va yerosti qo‘mondonlik punktlari bor. Hudud faol ravishda minalashtirilyapti.

Foto: Reuters

Noyabr oyi oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “barcha asosiy yo‘nalishlar” bo‘yicha istehkomlar qurilishini tezlashtirishni buyurgan edi. Shundan so‘ng, The Telegraph yozishicha, Donetsk viloyatidagi Liman va Avdeyevka hududlarida, shuningdek, qo‘shni Xarkov viloyatidagi Kupyansk yaqinida istehkomlar qurilishi avj oldi. Bundan tashqari, Ukrainaning Rossiya va Belarus bilan chegarasida istehkomlar barpo etilmoqda. 

Ukrainaning “faol mudofaa” strategiyasi

“Yangi mudofaa inshootlari Surovikin chizig‘ini juda eslatadi – uch darajali okoplar, tank tuzoqlari va tayanch nuqtalari tizimi. Ulardan Rossiya Ukrainaning qarshi hujumini to‘xtatish uchun muvaffaqiyatli foydalangan”, — deyiladi materialda.

Biroq gap Rossiya qurgan bir xil darajada murakkab va kuchli istehkomlar haqida ketmayapti, chunki Ukraina Qurolli kuchlari istehkomlarni himoya qilish va hujum operatsiyalarini birlashtirgan holda “faol mudofaa” o‘tkazish niyatida. Nashr ta’kidlashicha, shunga o‘xshash strategiya avval ham qo‘llangan, xususan, uning yordamida Ukraina Qurolli kuchlari 2022-yil kuzida Xarkov viloyatining muhim qismini ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »