Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qiymati 425 ming dollarga teng bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqatni O‘zbekistonga yetkazib berdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning mamlakatdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Ushbu yordam 120 dan ortiq sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasasiga tarqatilib, mamlakatdagi eng yordamga muhtoj fuqarolar, xususan, tuberkulyoz va ruhiy salomatlik muassasalaridagi bemorlar, nogironligi bo‘lgan bolalar va keksalarni 6,5 million porsiya oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.

“Ushbu dastur ovqatlanish sifatini yaxshilash hamda aholining eng zaif qatlamlari sog‘lom va samarali hayot kechirishi uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat bilan taʼminlanishi bo‘yicha davom etayotgan O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikni namoyish etadi”, — deydi o‘z nutqida USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Hoffman.

2010-yildan beri USAIDning Oziq-ovqat ko‘magini berish xalqaro hamkorlik dasturi doirasida qiymati 4,4 million dollardan ortiq 1500 tonna oziq-ovqat yordami O‘zbekistonga yetkazib berilgan. Beg‘araz yordam sifatida berilgan bu oziq-ovqat mahsulotlari AQSHning notijorat tashkiloti Resource and Policy Exchange tomonidan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda tarqatiladi.

O‘zbekistonga olib kelingan ushbu yangi insonparvarlik yordami AQSHning mamlakat sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash doirasidagi qiymati 122 million dollardan ortiq uzoq muddatli sarmoyasining bir qismi hisoblanadi. Shu bilan AQSH hukumatining so‘nggi 20 yil davomida mamlakatga ko‘rsatgan yordam miqdori 1 milliard dollardan oshdi.

Bundan oldin USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga yangi rahbar tayinlangani, USAID Toshkentda ekologik g‘oyalar bo‘yicha talabalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlagani, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordami yetkazib bergani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »