Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida 70 yoshli “Navoiy-avtosavdo” MCHJ direktori Niyoz Ibodov “Dolzarb qirq kunlik” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingani xabar qilingan edi. U Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismida (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Niyoz Ibodov
Foto: Toshkent shahri IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Niyoz Ibodovning o‘g‘li sudya bo‘lib, otasining qilmishiga aloqadorligi aytilgan. Mazkur holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarovdan izoh oldi.

Tovlamachilik jinoyatini sodir etishda gumonlanayotgan “Navoiy-avtosavdo” MCHJ direktori Niyoz Ibodovning qilmishiga uning sudya o‘g‘lining aloqadorligi to‘g‘risida  ma’lumotga ega emasmiz. Mazkur holatga faqat tergov yo‘li bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

Gumondorning o‘g‘li A.Ibodov jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisi lavozimida ishlagani rost. Biroq u Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun to‘qqiz oy avval, ya’ni 2023-yilning 25-aprelida lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan va kengash tomonidan bu haqda o‘z vaqtida jamoatchilikka ma’lum qilingan, — dedi Tursunali Akbarov.

20 mlrd so‘mlik tahdid

“Kun.uz” nashrining surishtiruviga ko‘ra, Niyoz Ibodov “Navoiy-avtosavdo” MCHJda 61,20 foiz ulushga egalik qilgan. MCHJning 32,70 foiz ulushi esa Sardor G‘afforovga tegishli bo‘lgan.

Aytilishicha, Niyoz Ibodov o‘zining jiyani bo‘lgan Sardor G‘afforovni “Navoiy-avtosavdo” MCHJdagi ulushidan voz kechtirish bo‘yicha B.Sultonovga murojaat qilgan. B.Sultonov, Niyoz Ibodov va boshqa noma’lum shaxslar 2023-yilning iyun oyi boshlarida bir guruhga birlashib, ishni “hal qilish” uchun oldindan jinoiy til biriktirgan.

Guruh a’zolari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ofisga Sardor G‘afforovni chaqirib, undan avtosalondagi 20 mlrd so‘mga teng ulushini 200 ming AQSH dollari evaziga Niyoz Ibodov nomiga o‘tkazib berish haqida do‘q-po‘pisa qilib, agar ulushni o‘tkazib bermasa, jismonan yo‘q qilib yuborishni aytishgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »