Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona shahrida qalbaki biologik aktiv qo‘shimcha vositalarini muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “I.F.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi K.T. hech qanday hujjatsiz “I.P.” MCHJga tegishli “Easecol BABY” savdo belgisi ostidagi 453 dona qalbaki biologik aktiv qo‘shimcha vositalarini sotuvga qo‘ygani aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »