Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy musulmon davlatlariga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish o‘rniga Isroil bilan aloqalarni uzishni so‘radi. Bu haqda Al-Arabia xabar berdi. 

Foto: Reuters

Xomanaiyning ta’kidlashicha, musulmon davlatlari o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori bo‘lishdan tiyilishlari kerak, chunki bu “ularning nazorati ostida emas”. Buning o‘rniga u islom xalqlarini “o‘z nazorati ostida” bo‘lgan harakatlarga chaqirdi.

“Islom davlatlari rasmiylarining baʼzi pozitsiyalari va bayonotlari noto‘g‘ri, chunki ular G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda, bu ularning nazorati ostida emas, ular yovuz sionist dushmanning qo‘lida bo‘lgan masalalar haqida gapiradi. Islom mamlakatlari rasmiylari o‘zlariga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha harakat qilishlari kerak.
Ularning qo‘lidagi masala sionistik rejimga olib boradigan hayotiy tomirlarni kesib tashlashdir. “Islom davlatlari sionistik rejim bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini uzib, bu rejimga yordam bermasliklari kerak”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »