Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil falastinliklarni joylashtirish uchun O‘rta Yer dengizida sun’iy orol yaratmoqchiligi haqida xabar tarqaldi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarni rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Anadolu

Avvalroq Al-Arabiya telekanali orol yaratish taklifi Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Katzdan chiqqanini ma’lum qilgandi. Xabarga ko‘ra, vazir tegishli taklifni yevropalik hamkasblari bilan yopiq suhbatda ilgari surgan. Isroil Tashqi ishlar vazirligi diplomat hech qachon bunday gapni aytmaganini va bunday reja yo‘qligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Katz anklavga kelayotgan tovarlarni tekshirish uchun sun’iy orolda port qurish rejasini taqdim etgan. U orolda uy-joy qurish imkoniyatini ham ko‘targan, biroq falastinliklarni u yerga ko‘chirish masalasi muhokama qilinmadi, deydi vazirlik vakili.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »