Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

C guruhida Eron BAAga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Mehdi Taremi darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim ushbu hisob bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘limda eronliklar hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 65-daqiqada Taremi yana bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirida esa BAA javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 90+3-daqiqada Yahyo Algassani darvozani aniq mo‘ljalga oldi. Shu tariqa uchrashuv Eronning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Falastin Gongkong ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi. Falastinliklar safida Oday Dabag dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bitta gol Zaid Kunbar hisobiga yozildi.

C guruhi yakunlariga ko‘ra jadval quyidagicha ko‘rinish oldi:


Osiyo Kubogi

3-tur bahslari

23-yanvar, seshanba

Eron — BAA 2:1

Gollar: 1:0 – 26 Taremi, 2:0 – 65 Taremi, 2:1 — 90+3 Algassani.

Gongkong — Falastin 0:3

Gollar: 0:1 – 12 Dabag, 0:2 – 48 Kunbar, 0:3 – 60 Dabag.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »