Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pekin shahrida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Taʼlim vazirligi tomonidan O‘zbekiston–Xitoy taʼlim forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Daryo”ga maʼlum qildi.

Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Forumda O‘zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalari (OTM) rektorlari ishtirok etdi.

Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Tadbir doirasida O‘zbekiston—Xitoy OTMlari rahbarlari ishtirokida aniq va gumanitar fanlar, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, tibbiyot va farmatsevtikaga oid panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi va qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Forum davomida ikki davlat OTMlari o‘rtasida 70 ta hujjat imzolandi. Jami 5 ta OTM o‘rtasida qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
“Mazkur qo‘shma taʼlim dasturi asosida 300 dan ortiq talaba Xitoyning ilg‘or universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, forum doirasida 100 dan ortiq O‘zbekiston talabalari uchun grant dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi vazirlik bergan maʼlumotda.
Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Shuningdek, forumda O‘zbekiston va Xitoy OTMlari hamkorligi to‘g‘risidagi Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi. Hujjatda Xitoy va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida institutsional platforma yaratish, Xitoy–Markaziy Osiyo taʼlim hamkorligi modelini shakllantirish, akademik almashinuv dasturlarini yanada rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »