Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi nishonlariga berilgan zarbalar Ukraina armiyasi uzoq masofaga uchuvchi samarali qurollarga ega ekanini ko‘rsatadi. Bu haqda Defense Express kompaniyasiga tayanib, UNIAN xabar berdi.

Foto: Reuters

Defense Express kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Valeriy Ryabix bu urush yangi bosqichga o‘tganini anglatishini ta’kidladi.

“To‘g‘ri chiziq bo‘ylab nishongacha bo‘lgan masofa 700 dan 900 kilometrgacha. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari va turli tahdidli yo‘nalishlarni chetlab o‘tish uchun bunday trayektoriya 1200 kilometr atrofida bo‘lishi kerak”, — dedi ekspert Espresso dasturida.

Ryabix uzoq masofaga mo‘ljallangan bu qurollar Rossiya armiyasini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlaydigan va iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda foydalanadigan obyektlarga zarba bera olishini aytdi.

“Putinni yaxshi ko‘radigan rossiyaliklar uning siyosati natijalarini o‘z derazalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, front chizig‘idan uzoqda turib ham kuzatishi mumkin”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Leningrad viloyatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning do‘sti Gennadiy Timchenkoga tegishli “Novatek” kompaniyasining yirik gaz terminali dronlar hujumiga uchrab, yong‘in chiqdi. Aynan shu terminal orqali Rossiya 2023-yil dekabrida Urals neftining 85 foizini Turkiyaga eksport qilgan. Portlash vaqtida terminal yaqinida boshqa narsalar qatorida turk tankeri ham bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »