Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 24-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Yaponiya Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida zafar quchdi. Yaponlar safidagi ikkita gol Ayase Ueda hisobiga yozildi. Yana bir gol esa Jastib Hubner nomiga avtogol sifatida qayd etildi. Indoneziya tarkibida Sendi Ualsh darvozani ishg‘ol qildi.

D guruhining ikkinchi bahsida Iroq Vyetnamga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘lim oxirida Vyet An vyetnamliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 45+4-daqiqada esa Vyetnam a’zosi Van Kang Kuat qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Iroq hisobni tenglashtirdi. 47-daqiqada Rebin Sulaka o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 73-daqiqada Aymen Husseyn iroqliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuv so‘ngida esa Nguen Kuan Xay muvozanatni tikladi. 90+12-daqiqada Iroq futbolchisi Aymen Husseyn penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

D guruhida so‘nggi turdan so‘ng jadval quyidagicha ko‘rinish oldi:


Osiyo Kubogi

3-tur bahslari

24-yanvar, chorshanba

Yaponiya — Indoneziya 3:1

Gollar: 1:0 – 6 Ueda (penalti), 2:0 – 52 Ueda, 3:0 – 88 Hubner (avtogol), 3:1 – 90 Uelsh.

Iroq — Vyetnam 3:2

Gollar: 0:1 – 42 Vyet An, 1:1 – 47 Sulaka, 2:1 – 73 Husseyn, 2:2 – 90 Nguen Kuang Xay, 3:2 – 90+12 Husseyn (penalti).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »