Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyda oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonot imzoladi. Unda tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan. Yetakchilar huzurida quyidagilar imzolandi:

  • O‘zbekiston Hukumati va Xitoy Hukumati o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Hukumati va Xitoy Hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Hukumati va Xitoy Hukumati o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Hukumati va Xitoy Hukumati o‘rtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida xitoy tilini o‘qitish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga no‘xat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi o‘rtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temir yo‘l ekspresslari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq masalalari vazirligi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasi;
  • O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida hamkorlik bayonnomasi;
  • O‘zbekiston Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Standartlashtirish ma’muriyati o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rtasida “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv;
  • O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2024-2026-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
  • Toshkent viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
  • Samarqand va Sindao shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim va boshqalar.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »