Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning sharqiy qismini Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalish ochildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoyning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi.

Mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonlik milliy tashuvchilar ushbu yo‘nalish bo‘ylab TIR Carnet kitobchasini qo‘llagan holda Qozog‘istondan tranzit o‘tib, Xorgos orqali Xitoyning Sariq dengiz qirg‘oqlarida joylashgan Sindao shahriga va u yerdan ortga yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ushbu yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan taʼminlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »