Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bosh qarorgohiga tashrif buyurib, bank prezidenti Szin Litsyun bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda bank bilan hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi. 2023-yilning o‘zida jalb qilingan investisiyalar hajmi 1 milliard dollarga yetdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Energetika, suv ta’minoti, avtomobil va temiryo‘llarni rekonstruksiya qilish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 2026-yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi qabul qilindi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik muhim infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

Tashrifdan lavhalar

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »