Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘z sohasida jahonning ilg‘or kompaniyasi bo‘lib, Fortune Global 500 reytingida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish bo‘yicha yirik loyihalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish borasida katta tajribaga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »