Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina armiyasida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar kamayib bormoqda, dedi Pentagonning xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori martabali rasmiysi Selest Uollander. Uning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyidan beri Vashington Ukrainaga avvalgidek harbiy yordam yubora olmadi.

Uollander AQSH boshchiligidagi Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining virtual yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi, deb yozadi Politico. Odatda Pentagon bunday uchrashuvlardan so‘ng yirik yordam paketlarini e’lon qiladi, ammo bu safar bunday e’lonlar bo‘lmadi.

Foto: Google Images

“Pentagon 2023-yilning kuzida Kiyevga yordamni kichikroq hajmlarda berishni boshladi, chunki mablag‘lar tugab borayotgandi. Uollanderning aytishicha, AQSH hamon so‘nggi yordam paketi hisobidan Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda, biroq yordamning kamaygani Kiyevning rejalari va faoliyatiga allaqachon ta’sir qilmoqda.

Ukraina rasmiylari Vashingtonga bo‘linmalarda o‘q-dorilar kamayib borayotganini ma’lum qildi, dedi Pentagon vakili. Uning ta’kidlashicha, departament “qo‘shimcha choralar ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilishda oldinga siljishi uchun Kongress savollariga javob berishi zarur”.

“Mojaro to‘xtagani yo‘q. Aslida, Rossiya faolligidan kelib chiqqan holda, janglardagi intensivlik yuqoriligicha qolmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Uollander.

Rasmiy vakilga ko‘ra, Ukrainaga o‘q-dorilar va artilleriya snaryadlaridan tashqari qiruvchi samolyotlar ham kerak. U Kiyevni F-16 samolyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni yaxshi yangilik deb bilishini ma’lum qildi”, — deyiladi Politico nashridagi maqolada.

NBC News xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Baydenning yordamchilari Kongress vakillari bilan yopiq uchrashuvda agar Kiyevga yordam ko‘rsatish ma’qullanmasa, Rossiya bir necha hafta yoki oy ichida Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonishi mumkinligini aytgan. Oq uy tomonidan taklif qilingan paket oktyabr oyidan beri tasdiqlanishni kutmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »