Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifini XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvdan boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalq yig‘inlari uyida o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohani yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

XXR hukumati rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli O‘zbekiston—Xitoy munosabatlari barcha soha va yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini qayd etdi.

O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 50 foizga oshib, rekord ko‘rsatkich – 14 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkichni, shu jumladan, yuqori sifatli sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga 20 milliard dollarga yetkazish uchun salohiyat mavjudligi taʼkidlandi. Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq xo‘jaligida texnologiyalar transferini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha alohida hamkorlik dasturlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy kompaniyalarining mamlakatdagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishi istiqbollari ko‘rib chiqildi.

22-yanvar kuni Urumchi shahrida o‘tgan birinchi O‘zbekiston—Xitoy hududlar forumi va sanoat ko‘rgazmasi natijalari yuqori baholandi.

Xitoyda shu kunlarda taʼlim forumi va O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani qayd etildi. Tomonlar aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vazirini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »