Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbatda O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu galgi tashrif har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga yangi kuchli surʼat bag‘ishlashiga ishonch bildirildi.

Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobar, qo‘shma korxonalar soni uch barobar oshdi. Hududlararo kooperatsiya kengaydi, 22-yanvar kuni Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston—Xitoy hududlar forumining samarali natijalari bundan dalolat bermoqda.

Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish borasidagi tajribasi faol joriy qilinmoqda. Uchrashuvda O‘zbekiston texnik yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sug‘urta, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish va “O‘zbekiston—Xitoy” do‘stlik guruhlarini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘tgan yili O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari o‘tkazilgani, ayni paytda Pekinda O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida o‘tayotgan tadbirlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifini XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvdan boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »