Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donald Tramp Nyu-Xempshirda Respublikachilar partiyasining praymerizlarida g‘alaba qozondi, Jo Bayden esa demokrat saylovchilardan ko‘pchilikning ovozini oldi. Bu haqda New York Times AP agentligiga tayanib xabar berdi. Agentlik tahlilchilari birinchi saylov uchastkalarida ovoz berish natijalari e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Trampning g‘alabasi muqarrar, deb hisoblashgandi.

Foto: GC Images

198 mingta byulletenning sanab chiqilishi natijalariga ko‘ra, respublikachilar orasida Tramp  yetakchilik qilmoqda – u 54,0 foiz ovoz to‘plagan. Nomzodlik uchun kurashda respublikachilardan uning faqat bitta raqibi qolgandi — AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli; Unga Nyu-Xempshirdagi respublikachilarning 44,5 foizi ovoz berdi.

Jo Baydenning ismi saylov byulleteniga kiritilmagan, bunga shtat hukumati va Demokratik partiya o‘rtasidagi ziddiyat sabab bo‘lgan. Shunga qaramay 63 ming saylovchidan 70 foizga yaqini uning ismini byulletenga qo‘lda yozgan. Kongressmen Din Fillips 20,9 foiz, yozuvchi Marian Uilyamson esa 4,3 foiz ovoz oldi.

Donald Tramp 2023-yilda to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblangan. Sud jarayonlarining birinchisi 4-mart kuni boshlanishi rejalashtirilgan, biroq himoyachilarning shikoyatlari tufayli kechiktirilishi mumkin. Tramp aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilingan taqdirda ham, saylovda qatnashishi mumkin bo‘ladi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »