Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi, bunda asosiy e’tibor O‘zbekiston yo‘l-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratildi.

O‘zbekiston prezidenti CITIC korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Xitoy mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro investitsiya korporatsiyasi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi tafsilotlari

O‘zbekiston prezidenti oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun 23-yanvar kuni Xitoyga yetib bordi. Prezident Xitoyga davlat tashrifini mamlakat bosh vaziri bilan uchrashuvdan boshladi. 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohani yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shundan so‘ng prezident Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston texnik yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sug‘urta, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Davlat rahbari tashrif davomida Pekindagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bosh qarorgohiga tashrif buyurib, bank prezidenti Szin Litsyun bilan muzokara o‘tkazdi. O‘zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 2026-yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi qabul qilindi.

Tashrif davomida prezident CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qilib, O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »