Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 25-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

E guruhida Janubiy Koreya Malayziyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 21-daqiqasida Chjon Vu Yen hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa malayziyaliklar faollik ko‘rsatib, hisobni tenglashtirdi. 51-daqiqada Faysal Halim ajoyib zarba bilan koreyaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. 60-daqiqada esa Janubiy Koreya darvozasi tomon penalti belgilandi. Arif Ayman Hanapi ushbu penaltini aniq amalga oshirdi. 83-daqiqada Hazmi avtogol muallifiga aylanib, muvozanatni tiklanishiga sababchi bo‘ldi. O‘yin oxirida esa Son Hyon Min penaltidan gol urdi. 90+15-daqiqada Romel Morales o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Iordaniya Bahraynga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdagi yagona gol 34-daqiqada Abdulla Yusuf Helal tomonidan urildi.

E guruhida 3-turdan so‘ng jadval quyidagicha ko‘rinish oldi:

Skrin: Sofascore

Osiyo Kubogi

3-tur bahslari

25-yanvar, chorshanba

Janubiy Koreya — Malayziya 3:3

Gollar: 1:0 – 21 Chjon Vu Yen, 1:1 – 51 Halim, 1:2 – 62 Hanapi (penalti), 2:2 – 83 Hazmi (avtogol), 3:2 — 90+4 Son (penalti), 3:3 90+15 Romel Morales.

Iordaniya — Bahrayn 0:1

Gol: 0:1 – 34 Yusuf.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »