Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Shenchjen shahrida Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uchrashuvda muzofot bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Kuni kecha XXR raisi Si Szinpin bilan sermahsul muzokaralar o‘tkazilgani, ular doirasida hududlararo aloqalarni yanada kengaytirish masalasi qo‘llab-quvvatlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shu jumladan, Guandun yetakchi kompaniyalari uchun O‘zbekiston hududlarida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik parklar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda tashkil etilishi kelishib olingan O‘zbekiston va Xitoy hududlari kengashi faoliyatida Guandun muhim o‘rni tutishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston muzofot hududida joylashgan Huawei, BYD, ZTE va boshqa ilg‘or kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi qayd etildi.

Gumanitar aloqalar va ishbilarmonlik almashinuvlarini faollashtirish maqsadida IT ta’lim sohasida hamkorlik qilish va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

  • Guandun — Xitoyning eng rivojlangan hududlaridan bo‘lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizini shakllantiradi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qiladi.
  • Muzofot O‘zbekiston hududlarining eng yirik iqtisodiy sherigidir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »