Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent, Qibray, Yangiyo‘l tumanlarida joylashgan issiqxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Qayd etilishicha, bundan maqsad Toshkent shahri atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortib borayotgani, shuningdek, yuqoridagi hududlarda atmosfera havosini sezilarli yomonlashgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli murojaatlar yuzasidan ekologik monitoring o‘tkazishdir.

Taʼkidlanishicha, ko‘mirdan foydalanadigan issiqxonalar atmosfera havosi ifloslanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi besh yilda iqtisodiyotda ko‘mir isteʼmolining o‘sish surʼati 22 foizdan oshgan. Agar 2018-yilda 6,8 million tonna ko‘mir ishlatilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu raqam 8,3 million tonnadan ortgan.

“Monitoring davomida issiqxonalarda foydalanilayotgan yoqilg‘i turlari, yoqish qurilmalarining holati to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, issiqxonalarga berilgan davlat ekologik ekspertizasining xulosalarida belgilangan meʼyorlarga rioya etilganligi o‘rganilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, issiqxonalarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy tashlanma manbalardan hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari o‘rnatilgani ham tekshirilmoqda. Har bir issiqxonaga qonuniy tartibda faoliyat ko‘rsatish lozimligi, aks holda tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilmoqda.

Avvalroq 3-yanvar kuni Toshkent shahri dunyoning havo sifati eng iflos shaharlari reytingida 4-o‘ringa chiqqani xabar qilingandi. Bunday havoda shahar aholisiga ko‘chada niqob taqib yurish, derazalarni ochmaslik, uy ichini namlantiruvchi vositalar bilan tozalash tavsiya etib kelinadi.

O‘z navbatida Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir sifatining havo ifloslanishiga salbiy taʼsiri ko‘rsatilgan videolavhalarga munosabat bildirgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »