Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video suratga olib, uni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan Shokir va Ravshan ismli vaynerlarga sud hukmi o‘qildi.

Oliy sudning xabar berishicha, 2024-yil 27-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Sh. O. (1991-yilda Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan) va R. A. (1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan) oid maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, sudning qarori eʼlon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov tomonidan chiqarilgan sud qaroriga muvofiq Sh. O. va R. A. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish), 189-2-moddasi (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ular suratga olgan videoda ayolni eri urgani uchun otasinikiga ketib qolgani, otasidan kuyovi bilan gaplashib qo‘yishni so‘raganida esa ota qizini uyiga qaytarib yuborgani aks ettirilgan. 

“Biz uch-to‘rt kun avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifamizga ayol har qanday holatda eriga itoat qilishi kerak, degan mazmundagi videoni joylashtirgan edik. Ushbu videomizda ko‘rsatilgan holat O‘zbekiston gender tengligi to‘g‘risidagi qonunga zid ekan. Shuning uchun ushbu video internet foydalanuvchilari tomonidan salbiy izohlarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan uzr so‘raymiz va kelajakda bunday video olmaslikka so‘z beramiz”, — deya uzr so‘ragan edi vaynerlar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »