Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston xalqaro dengiz tashkilotining (IMO) dengiz harakatini yengillashtirish to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilishi uchun tegishli choralarni ko‘rmoqda, deb xabar berdi Altin Asyr mahalliy telekanali.

Foto: Altin Asyr

Bu masala hukumat yig‘ilishida muhokama qilinib, unda Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxon Chakiyev ma’ruza qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq dengiz navigatsiyasi va harakatlanish tartib-qoidalarini soddalashtirish, xalqaro savdoni yaxshilash imkonini beradi.

“Mamlakatda Kaspiy dengizining Turkmaniston sektori transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, dengiz flotini kengaytirish, Turkmanboshi xalqaro dengiz portida yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda”, — dedi Chakiyev.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Turkmaniston Kaspiy dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib, mintaqa xalqaro transport va tranzit yo‘laklari imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga intilmoqda.

Ashxobod va Toshkent Turkmanboshi portidan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa transmilliy yo‘nalishining bir qismi sifatida foydalanish mumkinligiga ishonib, tranzit hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish variantlarini muhokama qilmoqda.

Ushbu port 2018-yilda ishlay boshlagan. 1,5 milliard dollarlik loyiha Gap Inşaat (Turkiya) tomonidan amalga oshirilgan.

Portning umumiy quvvati neft mahsulotlarini hisobga olmaganda yiliga 17 million tonna turli yuklarni tashkil etadi. 150 gektardan ortiq maydonda to‘rtta terminal mavjud: umumiy yuklar, konteynerlar, quyma yuklar va avtoparomlar.

Yangi infratuzilma Ipak yo‘li bo‘ylab Osiyo va Tinch okeanidan, so‘ngra Rossiya, Ozarbayjon va Eron portlari orqali Yevropaga tovarlar jo‘natish imkoniyatini yaratdi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »