Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS yaqin ikki hafta ichida yangi kelishuvga erishishi mumkin. Bu garovga olinganlarni ozod qilish evaziga harbiy harakatlarni 2 oyga to‘xtatishni nazarda tutadi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: AFP

Xabarga ko‘ra, Isroil va HAMAS kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Muzokarachilar Isroil va HAMAS takliflarini birlashtirgan holda yozma kelishuv loyihasini ishlab chiqdi. U 28-yanvar kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan muzokaralar mavzusiga aylanadi. AQSH prezidenti Jo Bayden 26-yanvar kuni HAMAS bilan muzokaralarda vositachilik qilayotgan Misr va Qatar yetakchilari bilan qolgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun telefon orqali gaplashgan. 

“Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns ham Isroil, Misr va Qatar rasmiylari bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun Parijga yo‘l oladi”, — deb yozadi NYT.

Noyabr oyida AQSH, Qatar va Misr vositachiligida qisqa muddatli sulh tuzildi: Isroil bir hafta davomida harbiy harakatlarni to‘xtatdi va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan taxminan 240 nafar falastinlik evaziga yuzdan ortiq garovga olinganlar ozod qilindi. HAMAS garovida 100 dan ortiq isroillik qolmoqda.

Yangi kelishuv avvalgisidan kattaroq bo‘ladi, deb yozadi NYT manbalarga tayanib. 

Birinchi bosqichda janglar taxminan 30 kunga to‘xtaydi, HAMAS ayollar, qariyalar va yaradorlarni garovdan ozod qiladi. Bu davr mobaynida har ikki tomon ham jangovar harakatlarni yana bir oyga to‘xtatadigan ikkinchi bosqich tafsilotlarini ishlab chiqadi.

“Bu bosqichda qolgan Isroil askarlari va garovga olingan erkaklarni almashish rejalashtirilgan. Buning evaziga Isroil o‘z qamoqxonalaridan ma’lum miqdordagi falastinliklarni ham ozod qiladi; aniq miqdori bo‘yicha kelishib olish kerak”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, kelishuv G‘azoga ko‘proq insonparvarlik yordamini olib kirish imkonini berishi mumkin. Kelishuv HAMAS ilgari surayotgan to‘liq otashkesimni o‘z ichiga olmasa-da, muzokaralarga yaqin bo‘lgan rasmiylar agar Isroil urushni ikki oyga to‘xtatsa, uni hozirgiday shiddatli darajada qayta tiklamasligi mumkinligini aytmoqda.

Bundan tashqari, mazkur sulh Yaqin Sharqdagi keng ko‘lamli mojaroni hal qilishga olib keladigan keyingi diplomatik jarayonlarga yo‘l ochishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »