Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Firibgarlikda ayblanib Turkiyada qo‘lga olingan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2016-yildan buyon O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 66 yoshli R.X. joriy yilning 13-yanvar kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

28-yanvar kuni fuqaro R.X. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi.

Bundan avval xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Nilufar Mirxanova ushlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »