Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘zboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bunda, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi. Komissiya muntazam ravishda hududlarning aero va kosmik suratlarini olib, tahlil qiladi va oldingi suratlar bilan tafovutlarni aniqlaydi va noqonuniy qurilishlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 2023-yilda 170 ta, kelasi yilda esa kamida 300 ta shahar va shaharchaning bosh rejasini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Shuningdek, har bir ishlab chiqilgan rejani aholi bilan muhokama qilish va ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhimligi taʼkidlandi.

Buning uchun “Mening hududim” platformasi ishga tushirilib, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish va ovoz berish mexanizmini joriy qilish topshirildi.

Avvalroq davlat rahbari yig‘ilishda qurilishlarga ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadsiz ishlatilayotgani haqida gapirgani to‘g‘risida xabar berilgandiHokim va prokurorlar vaziyatga eʼtiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qatʼiy javobgarligi belgilangan. Shuningdek, yig‘ilishda qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »