Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning ikki viloyati: Surxondaryo va Farg‘onada qurilish-ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati. 

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A” MCHJ rahbari A.T va “Surxondaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK mas’ul shaxslari tumandagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizishda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 2,2 milliard so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.d.” MCHJ rahbari “B” MFY hududidagi ko‘chalarda oqova suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilishda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 253,9 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »