Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bugungi kunda loyiha tashkilotlari obyekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, buning sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi. Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda. Masalan, 2023-yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olingan.

Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda. Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘rilik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, “yashirin” qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga eʼtiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qatʼiy javobgarligi belgilandi.

Amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslangan. “Resurs” usulida 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.

“Hajm usuli”da esa pudratchidan yakuniy natija so‘raladi. Muhimi, quruvchi obyektni o‘z vaqtida va sifatli topshirsa bo‘ldi. Bundan tashqari, loyiha, tender, qurilish va obyektni qabul qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda korrupsiya holatlari uchrab turibdi.

Endilikda loyiha qilishdan boshlab, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar ham, ularning nazorati ham yangicha tashkil etiladi. Eng avvalo, 2025-yil 1-yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tiladi. Bu tartib 1-iyuldan yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida joriy qilinishi belgilandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev qurilishlarga ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadsiz ishlatilayotgani haqida gapirgandi. Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi taʼkidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »