Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarni boshqarish, issiqlik va suv ta’minoti sohalarida keskin o‘zgarish bo‘lmayotganini tanqid qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jumladan, aksariyat ko‘p qavatli uylarda energiya sarfi xorijga nisbatan 3-4 barobar yuqori, issiqlik ta’minoti tizimida energiya yo‘qotishlari ko‘p, tizimda bugungi kunga qadar biror marta energiya auditi o‘tkazilmagan, debitor qarzdorligi oqibatida issiqlik korxonalari tizimni yaxshilashga investitsiya kiritmayapti.

Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Energetika vazirligiga ko‘p qavatli uylarda energiya tejash bo‘yicha alohida dastur amalga oshirishni boshlash topshirildi.

Xalqaro ekspertlar jalb qilinib, qayerda markazlashgan, qayerda lokal yoki individual isitish tizimini qo‘llash, qaysi qozonxonalarni kogeneratsiya texnologiyasiga o‘tkazish bo‘yicha har bir hududning issiqlik ta’minoti sxemasi ishlab chiqiladi.

Bugungi kunda ichimlik suvi inshootlarining ayrimlari talabga javob bermasligi aniqlangan. Shu munosabat bilan suv sifati standartlarini to‘liq yangilab, ularni barcha suv inshootlarida joriy qilishi shartligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga kamida 4 ta laboratoriyani jihozlab, ularda ichimlik suvi sifatini to‘liq tahlil qilishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shu bilan birga, ichimlik suvi ta’minoti tizimida ichimlik suvi yo‘qotilayotgani, iste’molchilarning 30 foizida haligacha suv hisoblagichi o‘rnatilmagani, tizimda o‘g‘riliklar davom etayotgani tanqid qilindi.

“O‘zsuvta’minot” shu kunga qadar birorta yirik xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirmagani, ichimlik suvi yetkazib berish tannarxini kamaytirish bo‘yicha bosh qotirmayotgani aytib o‘tildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni kengaytirish maqsadida tizim rahbarlariga qator topshiriqlar berildi.

Jumladan, tajriba tariqasida 5 ta shaharda — Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida suv ta’minotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi. Viloyat hokimlariga eskirgan nasoslarni yangilash ishlarini boshlab, bu yil kamida 1 mingta nasosni energiya tejamkoriga almashtirishga topshiriq berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »