Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda prezident kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma obyektini qurish belgilangan. Lekin soha yoki hudud rahbarlari budjet mablag‘larini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini taʼminlash bo‘yicha namuna bo‘ladigan tizim yaratmagan.

Qurilishlarga ajratilgan budjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-toroj va o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi. Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi taʼkidlandi.

Avvalroq  transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan eʼlon qilindi va oxirgi ogohlantirish berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »