Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 32 nafar o‘quvchi zaharlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan o‘rganish natijalari e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, mazkur maktab internatga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa tezkor-tergov guruhi tomonidan o‘rganilishi natijasida maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmagani, bu esa bolalar o‘rtasida yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishiga olib kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan 26-yanvarda Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »