Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa sanksiyalari Rossiya mudofaa sanoatini yo‘q qila olmadi va endi Yevropa Ittifoqi “Ukraina tunnelining oxirida yorug‘likni ko‘rmayapti”. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” transport investitsion forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Kommersant”

Foto: Reuters

Diplomatning aniqlik kiritishicha, Yevroittifoq Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar joriy qilgan va bu “Rossiya harbiy mashinasini sezilarli darajada zaiflashtirgan, ammo u hali ham mavjud”. 

“Urush davom etmoqda, janglar esa kuchayib bormoqda va biz Ukraina tunnelining oxirida yorug‘likni ko‘rmayapmiz”, — deydi Borrel.

O‘tgan hafta u Yevropa Ittifoqining 27 davlati tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga yordamni oshirish va tezlashtirish zarurligi haqida kelishib olganini aytdi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, vazirlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydaga soliq joriy etishga “siyosiy rozilik” ham bergan.

“Ukrainaning ittifoqchilari Rossiya yetkazgan zarari uchun to‘lashi kerakligiga rozi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »