Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida avtomobil yo‘llari qurilishida talon-torojlikka chek qo‘yish bo‘yicha tizim yaratishni topshirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yig‘ilishda avtomobil yo‘llari tizimida eskicha yondashuvlarga barham berish zarurligi ta’kidlandi. Yo‘l qurilishida yashirin iqtisodiyot ulushi ancha yuqoriligi qayd etilib, buni nazorat qiladigan Transport inspeksiyasining faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga yo‘l qurilishidagi 40 dan ziyod standart va me’yorlarni Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi talablariga moslashtirish, yo‘l qurilishi loyihalariga maxsus sertifikatga ega muhandis-konsultantlarni jalb qilish topshirildi.

Bosh prokuratura, transport prokuroriga loyihadan obyektni topshirishgacha, shuningdek, ularni ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlarda talon-torojlikka chek qo‘yish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi. 

Shuningdek, Transport vazirligiga 2024-yilda kamida transport vaznini o‘lchaydigan 30 ta tarozi o‘rnatish choralarini ko‘rish topshirildi. Har bir viloyatda avtomobil serqatnov bo‘lgan kamida 20 kilometrdan yo‘l ekspluatatsiyasini xususiy sektorga berish bo‘yicha “pilot” loyihalar boshlanishi belgilandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »