Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining poytaxtga chegaradosh hududida poligon quriladi, deb xabar bermoqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda Jami 149,9 trillion so‘m hajmda pudrat ishlari bajarilib, mazkur ishlarning 106,5 foizga o‘sishi ta’minlanadi. Jami 169 ta aholi punktining shaharsozlik hujjatlari, jumladan, 5 ta shaharning bosh rejasi, 48 ta shaharchaning bosh rejasi va 116 ta qishloqning sxemalari ishlab chiqiladi.

Qurilish sohasiga oid normativ talablarni soddalashtirish maqsadida 38 ta SHNQ va 30 ta standart ishlab chiqiladi. Shuningdek, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi va boshqa xavflar bo‘yicha sinov ishlarini o‘tkazish uchun Toshkent viloyatining Toshkent shahriga chegaradosh hududida poligon barpo etiladi.

Maqsadli dasturlar doirasida jami 1,5 mingta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda 80 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi. Shu bilan birgalikda, 45 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 635 ta ko‘p qavatli uylar quriladi.

Kompetensiyani rivojlantirish institutida 10 ta soha yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ming nafarga yaqin mutaxassislar faoliyatini sertifikatlash uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Hududlardagi 3 863 ta ko‘p qavatli uyda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, 1 002 ta uyning tom qismi, 2 464 ta kirish yo‘laklari, 1 635 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik tizimlari, 413 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 865 ta  uyning fasad qismi, 2 538 ta elektr shitlari ta’mirlanadi va 523 ta lift yangilanadi. Investitsiya dasturi doirasida 9 ta qozonxona va 79 km issiqlik tarmoqlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari bajariladi. Natijada hududlardagi 475 ta ko‘p qavatli uylar va 41 ta ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti yaxshilanadi.

Andijon, Jizzax va Farg‘ona shaharlaridagi 3 ta “Yangi O‘zbekiston” massivida 10 ming xonadonli 165 ta ko‘p qavatli uylarni ko‘mir yoqilg‘ili issiqlik qozonxonalari orqali isitish yo‘lga qo‘yiladi.

Sohani raqamlashtirish darajasini oshirish maqsadida, issiqlik ta’minoti sohasiga billing tizimi joriy qilinadi, shuningdek, “Shaharsozlik geoaxborot tizimi” va “Mening hududim” elektron platformasi hamda Instrumental-texnik tekshiruv va Muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yagona reyestrlar ishga tushiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »