Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada soxta guvohnomalar tayyorlab, firibgarlik qilayotganlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda Istanbuldagi bazi bir qo‘shtirnoq ichidagi shirkatlar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga qonunga zid ravishda turli qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirib berish, (soxta guvohnomalar, qalbaki ma’lumotnomalarni tayyorlash) AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlariga borish uchun viza rasmiylashtirish vaji bilan ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li orqali o‘zlashtirish ishlari ko‘paymoqda.

“Eng achinarlisi shundaki, mazkur jirkanch ishni amalga oshirayotgan insonlarning aksariyati o‘z vatandoshlarimizdir”, — deb yozmoqda konsulxona matbuot xizmati.

Bosh konsulxonaga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yil boshidan boshlab hozirgi kunga qadar 70 dan oshiq O‘zbekiston fuqarolarining hujjati soxtaligi tufayli Turkiyaning tegishli idoralari tomonidan ularga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.

Bunday holatlar tufayli Turkiyada qonuniy yashab kelayotgan fuqarolar ham bir qancha byurokratik to‘siqlarga uchramoqda.

“Bosh konsulxona yurtdoshlarimizni shunday yolg‘on shirkatlarga aldanmaslik, shubhali yoki qalbaki hujjatlarni turk davlat idoralariga aslo topshirmaslik, pul, shaxsiy va muhim ma’lumotlarni begona shaxslarga bermasliklarini so‘raydi”, — deya ogohlikka chaqirdi bosh konsulxona.

Qayd etilishicha, shu va boshqa turdagi og‘ir jinoyatlarni sodir etib kelayotgan firibgarlar haqidagi ma’lumotlar diplomatik vakolatxona tomonidan Turkiya va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralariga berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »