Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Firibgarlikda ayblanib Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2022-yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan Faxriddin Shakarboyev (1965-yilda tug‘ilgan) hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanib, 2018-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Xumoyunbek Mardonov (1992-yilda tug‘ilgan) 12-yanvar kuni Istanbulda qo‘lga olingan.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi

30-yanvar kuni ushbu fuqarolar bosh konsulxona diplomatlari ishtirokida Istanbul aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

“Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIVga murojaat qilishlari so‘raladi”, — deyiladi xabarda.

Turkiyada hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

28-yanvar kuni firibgarlikda ayblanib Turkiyada qo‘lga olingan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »