Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Ko‘l” qishlog‘iga yog‘gan qor qalinligi 90 santimetrgacha yetdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Shahrisabz tumani hokimligi

Ma’lum qilinishicha, tog‘li hududda joylashgan “Ko‘l” MFYda besh kundan beri qor yog‘moqda. Yo‘l chetlari va qatnov yo‘q joylarda qorning qalinligi 90 santimetrga yetgan.

“Bu vaziyat aholining turmush-tarziga salbiy ta’sir etayotgani yo‘q. Tuman hokimligining tashabbusi bilan aholining ehtiyojlari o‘rganilib, yetarli miqdorda arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilgan. Ijtimoiy soha obyektlari ham barqaror ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan yoqilg‘i zaxirasi shakllantirilib, qishloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uchun yo‘llar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda.

29-yanvar kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Taxtaqoracha dovoni kuchli qor yog‘ayotgani sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilganini ma’lum qilgandi. Dovon yo‘li qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »