Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstraliya Mudofaa vazirligi G‘azo sektorida tinch aholi qurbon bo‘layotgani tufayli Isroilga harbiy texnika jo‘natish uchun ruxsatnomalarni ataylab kechiktirmoqda. Bu haqda Avstraliyaning ABC telekanali mamlakat Mudofaa vazirligidagi anonim manbaga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, Avstraliya Mudofaa vazirligining eksport nazorati uchun mas’ul departamenti bir necha oy davomida Isroilga Avstraliya harbiy texnologiyalarini, jumladan, dronlarga qarshi tizimlarni yetkazib berish uchun litsenziya bermagan.

“Aftidan, G‘azoda urush davom etar ekan, Isroil bilan bog‘liq barcha ishlar ataylab sekinlashtirilmoqda”, — dedi telekanalga manba.
Foto: Google Images

ABC telekanali mamlakat Mudofaa vazirligiga rasmiy so‘rov yubordi, unda mamlakat “kamida oxirgi besh yil davomida Isroilga qurol yetkazib bermagani” aytildi. Mudofaa vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Avstraliyada qat’iy eksport nazorati tizimi mavjud”, bu davlatning harbiy mahsulotlaridan inson huquqlarining buzilishi sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan faoliyat uchun foydalanishning oldini olishga qaratilgan.

2023-yilda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanezening Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQSH prezidenti Jo Bayden ikkala davlat ham Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganayotganini va “HAMASning terrorizmiga” qarshi ekanini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »